Tashkiliy o‘zgarishlar
Statistika agentligi endi Milliy statistika qo‘mitasi bo'ldi
Statistika agentligi yangicha shaklda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan Statistika agentligi qayta tashkil etilib, Milliy statistika qo‘mitasi deb nomlandi. Yangi qo‘mitaga statistika tizimini xalqaro standartlarga mos holda rivojlantirish, ma’lumotlar ishonchliligini oshirish va statistik hisobotlarni takomillashtirish vazifasi yuklatildi. 2025-yil yakuniga qadar “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosida “Maslahatchi” va “Tahlilchi” interaktiv xizmatlari joriy etilib, call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2025/2026 o‘quv yilidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibida Iqtisodiy statistika kafedrasi filiali ochiladi.