Shaharlararo aloqa sifati
Hisobotda shaharlararo aloqa liniyalari, traktlari va kanallarining texnik holati, ishlash sifati hamda ularga ta'sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltiriladi. Shuningdek, avariyalar, ta'mirlash ishlari va uzilishlar statistikasi ham yoritiladi
Televideniye va mobil aloqa texnikasi sifati
Hisobotda televideniye, radioaloqa (mobil aloqa) va radioeshittirish texnik vositalarining ishlash sifati, mavjud muammolar to'g'risidagi ko'rsatgichlar aks ettiriladi
Pochta va bosma nashr sifati
Hisobot pochta aloqasi va davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarining sifati bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Unda xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklar, nazorat muddatlarining buzilishi, yo‘qotish va shikastlanish holatlari, shuningdek, xizmat sifati bo‘yicha iste’molchilarning murojaatlari tahlil qilinadi
Telekommunikatsiya xizmatlari sifati
Hisobot telekommunikatsiya xizmatlari sifati bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qiladi. U xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari, normativ talablar bajarilishi va mintaqalar bo‘yicha mavjudlik holatini o‘z ichiga oladi. Hisobot telekommunikatsiya operatorlari faoliyatini baholash va milliy sifat standartlariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi