⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q ⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q ⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q ⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q
Kasaba uyushmasi qoʻmitasining hisobot yigʻilishi oʻtkazildi

Tashkiliy o‘zgarishlar

Kasaba uyushmasi qoʻmitasining hisobot yigʻilishi oʻtkazildi

Joriy yilning 14-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich boshchiligidagi markaziy apparat mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi. Yig‘ilishda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi a’zosi Nigora Dehkanova soʻzga chiqib, 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berib o‘tdi. Shuningdek, Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan statistika sohasida ishlab nafaqaga chiqqan xodimlar va ehtiyojmand oilalar uchun ko‘rsatilgan moddiy-ma’naviy ko‘maklar hamda shu kabi ishlar natijalari sarhisob qilindi. Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan ovoz berish yo‘li orqali Milliy statistika qo‘mitasi Kasaba uyushmasi qoʻmitasining yangi tarkibi saylandi. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan eng ko‘p ovoz bilan Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Sheraliyev Kasaba uyushmasi raisi, Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yuldoshev uning o‘rinbosari etib saylandi.

2025-04-17 12:48:32
Statistika agentligi yangicha shaklda

Tashkiliy o‘zgarishlar

Statistika agentligi yangicha shaklda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan Statistika agentligi qayta tashkil etilib, Milliy statistika qo‘mitasi deb nomlandi. Yangi qo‘mitaga statistika tizimini xalqaro standartlarga mos holda rivojlantirish, ma’lumotlar ishonchliligini oshirish va statistik hisobotlarni takomillashtirish vazifasi yuklatildi. 2025-yil yakuniga qadar “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosida “Maslahatchi” va “Tahlilchi” interaktiv xizmatlari joriy etilib, call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2025/2026 o‘quv yilidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibida Iqtisodiy statistika kafedrasi filiali ochiladi.

2025-03-13 19:09:56