⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q ⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q ⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q ⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q
news picture

Xalqaro hamkorlik

Yagona hisobotlar tizimini joriy etishda Niderlandiya tajribasidan foydalaniladi

2025-03-13 18:02:25

Yagona hisobotlar tizimi uchun Niderlandiya tajribasi

O‘zbekiston Yagona hisobotlar tizimini joriy etish jarayonida Niderlandiyaning Standard Business Reporting (SBR) tizimi tajribasidan foydalanadi. Shu maqsadda Niderlandiya mutaxassislari bilan onlayn davra suhbati o‘tkazildi. Unda ushbu tizimning biznes va davlat organlari uchun taqdim etadigan qulayliklari, hisobdorlikka oid ma’lumotlarni yagona standartlar asosida tartibga solish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbirda Adliya vazirligi, Statistika agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda iqtisodiy va moliyaviy sohaga aloqador boshqa tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Yagona hisobotlar tizimini O‘zbekistonda muvaffaqiyatli joriy etish bo‘yicha tajriba almashildi hamda davlat organlari mutaxassislarining ushbu sohada malakasini oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.