⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q ⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q ⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q ⚠️ hisobot.gov.uz sayti hozirda ishlab chiqilmoqda.Tizimdan foydalanish imkoniyati yo'q
news picture

Qonunchilik yangiliklari

Tadbirkorlar uchun hisobot topshirishning yangi tartibi

2025-03-12 18:07:11

Tadbirkorlar uchun hisobot topshirishning yangi tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qarori bilan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi. 2026-yil 1-yanvargacha “Tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi Yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi. Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: ️2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun — ixtiyoriy; ️2027-yil 1-yanvardan kichik va o‘rta biznes uchun — majburiy; 2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun — majburiy. Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan sakkiz turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilindi.